Shu kunlarda Turkiya xalqi respublikaning 100 yilligini keng nishonlamoqda.

Ushbu ulkan anjuman munosabati bilan Istanbul, Anqara, Izmir shaharlarida maxsus tadbirlar tashkil etilgan. 100 yillik tarix mobaynida erishilgan yutuqlar eng zamonaviy texnologiyadan foydalanilgan holda, raqamli ko‘rgazma, 3D uslubida taqdim qilinmoqda.

Raqamli ekranlarda “O‘tmishdan bugunga” mavzusida ko‘rsatuvlar namoyishga qo‘yilgan.