Isroilning bir kunlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy xarajati, G‘azo sektori qamali bilan birga hisoblaganda, 1 milliard shekel (taxminan 246 million dollar)ni tashkil qiladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Bezalel Smotrich armiya radiosi orqali ma’lum qildi. Mulozim aytishicha, 7 oktyabrdan beri davom etayotgan nizo tufayli yillik byudjetga o‘zgarish kiritiladi.
– Mamlakatning yillik byudjeti hozirgi vaziyatga mos emas, – dedi vazir. – Demak, hujjatga voqealar rivojiga mos ravishda o‘zgarish kiritish lozim. Smotrich ta’kidicha, hozircha bilvosita xarajatning “aniq hisob-kitobi” mavjud emas.
Isroilning 2023 yil uchun qabul qilingan 484 milliard shekel (132 milliard dollar)lik harbiy byudjeti 2024 yil 514 milliard shekel (140 milliard dollar)ga yetishi taxmin qilingan.