Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning fikricha, G‘azo kasalxonasiga zarba berish fojia, insonparvarlik falokatidir.
– Kasalxona masalasiga kelsak, bu yerda sodir bo‘lgan fojia – dahshat, – dedi RF rahbari Xitoyga tashrifi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. – Yuzlab o‘lganlar, yuzlab yaradorlar bor. Ayniqsa, insonparvarlik xususiyatiga ega joyda, mislsiz falokat, albatta. Shunday ekan, mojaroga imkon qadar tezroq barham berish zarur. Bu voqea shunga undaydi, deb umid qilaman.
Davlat rahbari, shuningdek, mintaqa yetakchilari bilan muzokaralar natijasiga ko‘ra, hamkorlar Isroil – Falastin mojarosini davom ettirish, rivojlantirish va yanada yomonlashtirish niyatida emasliklari haqida taassurot qoldirganini alohida ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, Moskva har doim poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va suveren Falastin davlatini yaratish tarafdori bo‘lib kelgan. Putin Pekinda Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan muzokara uch soat davom etganini, tomonlar Ukraina va Yaqin Sharq mavzularini ham muhokama qilganini aytgan.
Yetakchi Rossiya Federatsiyasi va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash miqdori “haqiqatan hayratlanarli”. Muzokaraning ochiq qismida Putin Moskva va Pekin savdo almashinuvi qiymati allaqachon 200 milliard dollarga yetganini bildirdi.