Pekin forumi doirasida bo‘lib o‘tgan biznes-konferensiya a’zolari jami 97 milliard dollardan ziyod qiymatga ega hamkorlik bitimini imzolashdi. Bu haqda XXR Raisi Si Szinpin bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, Xitoy “yashil” infratuzilma, “yashil” energetika va “yashil” transport sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtiradi, “Makon va yo‘l” doirasida “yashil” taraqiyot bo‘yicha Xalqaro ittifoqni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi.
“Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida 150 ga yaqin mamlakat, 30 dan ziyod tashkilot hamkorlik to‘g‘risida hujjat imzolagan.