Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 2023 yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yubiley 25-sessiyasi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Italiyaning “ARSENALE S. P.A.” kompaniyasi o‘rtasida birinchi loyiha bo‘yicha o‘zaro tushunish va hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
“Luxury Train Cruising” sayyohlik poyezdining ishga tushirilishi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda. Poyezd yo‘lovchilarga sayohat paytida maksimal qulaylikni ta’minlash uchun barcha zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan bo‘ladi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA