O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlarining masofaviy elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yanada kengayadi.

Nizomga hunarmandchilik sub’ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqidagi arizani kompozit usulda qabul qilishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda hunarmandchilik sub’ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqidagi arizani “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish tizimi yaratiladi.

Hunarmand” uyushmasi Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qiladi va natijasini mazkur tizim orqali ma’lum qiladi.

O‘zA