O‘tgan yili gilam korxonalariga markazlashgan holda polipropilen olib kelish tizimi yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berdi.

Bu yil ham shu tajriba davom ettirilib, mablag‘ ikki karra ko‘paytiriladi.

Gilam ishlab chiqarish, sotish va valyuta tushishigacha bo‘lgan vaqtni inobatga olib, tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi.

Bu haqda Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

O‘zA