Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, charmsanoatda eng asosiy masalalardan biri, bu – xom ashyo.

Klasterlarda qoramolni ko‘paytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish uchun 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan.

Lekin, yer ajratish va kredit masalasi to‘liq hal qilinmagani uchun barcha klasterlarning ham faoliyati hali yurib ketgani yo‘q. Masalan, 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan.

Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib “Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

 

O‘zA