AQSHning yadroviy kuchlari Rossiya va Xitoy bilan raqobat uchun yetadigan darajada emas. Bu jarayon miqdoriy va tuzilmaviy o‘zgarishni talab qiladi, deyiladi kongressning partiyalararo komissiyasi ma’ruzasida.
Hujjat mualliflari Rossiya va Xitoy bilan yadroviy mojaro ehtimoli borgan sari ortayotganini ta’kidlagan.
“2027-2035 yillarda yuzaga keladigan “ekzistensial” tahdidga javob berish uchun tiyib turish borasidagi qarorlarni hozirdanoq qabul qilish kerak”, deydi ular.