Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich Pekinda o‘tadigan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etadi. Anjuman doirasida uning XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokarasi rejalangan. Bu haqda “Prva TV” telekanali ma’lum qilgan.
– Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha aniq kelishuv yo‘q, har holda qisqa ko‘rishuv bo‘lishiga ishonaman, degan serb yetakchisi.
“Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi Xitoy poytaxtida 17-18 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Si Szinp tomonidan 2013 yil ilgari surilgan bu tashabbusni 150 dan ziyod mamlakat va xalqaro tashkilot qo‘llab-quvvatlagan.