Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 13 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.  Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrm joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 12-14 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

12-13 oktyabr kunlari respublika bo‘ylab, 13 oktyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi.Tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Respublikaning ba’zi joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim tumanlarida sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.

13-14 oktyabr kunlari havo harorati kunduzi 10-15, kechasi 2-5 darajagacha iliq, shimol bo‘ylab 1-3 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

12-13 oktyabr kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zA