Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaro tugamaguncha, davlat oliy lavozimiga saylovda qatnashmaydi.
– Ziddiyat davom etar ekan – ha, tugagach – yo‘q”, – degan u Ruminiyaning “digi24” portaliga intervyusida. – Ziddiyatning oxiri ko‘rinmayapti, shuning uchun hozir qochib ketolmayman.
Zelenskiyning prezidentlik muddati kelasi yil 31 martda tugaydi. Inqiroz boshlangan 2022 yil fevral oyida kiritilgan harbiy holat amalda davom etar ekan, saylov o‘tkazilishi mumkin emas.
Avvalroq joriy yil oktyabrda o‘tkazilishi rejalangan parlament saylovi ham noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Ayni payt mamlakatda harbiy holat davrida ham saylov o‘tkazishga oid qonunchilik shartini o‘zgartirish bo‘yicha yangi chaqiriqlar yangramoqda. Davlat rahbari moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar tufayli bu talablarni qo‘llamagan.
45 yoshli Zelenskiy 2019 yil Ukraina Prezidenti etib saylangan. O‘shanda u lavozimida bir muddatgina qolishini aytgan. Keyinroq esa fikrini o‘zgartirib, saylovda qayta ishtirok etishini bildirgan.