Milliarder, “Duty Free Shoppers” do‘kon tarmog‘i asoschilaridan biri Charlz Fini 92 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar tarqatdi marhum tashkil etgan “Atlantic Philanthropies” xayriya jamg‘armasi. U dushanba kuni San-Fransiskoda ko‘z yumgan. O‘lim sababi aytilmagan.
1931 yil Nyu-Jersi shtati Elizabet shahrida dunyoga kelgan Charlz “Duty Free” global savdo tarmog‘iga asos solgan bo‘lib, asosan, aeroport va vokzallarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi. Fini hayotligidayoq barcha mablag‘i, ya’ni sakkiz milliard dollarni xayriya ishiga sarflash uchun turli jamg‘armalar tashkil etgan. Qariganda qashshoq bo‘lib qolmasligi uchun o‘ziga atigi ikki million dollar qoldirgan.