Hirot viloyatida yuz bergan navbatdagi zilzilaning kuchi 5,0 magnitudaga teng, deyiladi Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) tarqatgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, yer yarim tun, Hirotdan 28 kilometr shimoli-g‘arbda qimirlagan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurda qayd etilgan.

Qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

O‘tgan hafta ham shu muzofotda 6,3 magnitudali silkinish kuzatilgan edi.

Tabiiy ofatga qarshi kurash vazirligi viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, falokat qurbonlari soni 2 400 dan oshgan.