Boku va Yerevan o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yangi qarama-qarshilikda Armanistonni qurol-aslaha bilan ta’minlayotgan Fransiya aybdor bo‘ladi. Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan telefon muloqoti davomida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev shunday degan. Bu haqda “Trend” agentligi xabar berdi.

“Tomonlar muzokara chog‘ida mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashishdi. Aliyev Armanistonni qurol-aslaha bilan ta’minlayotgan Fransiyaning hatti-harakati tinchlikka qaratilmagani, aksincha mintaqada qandaydir yangi ziddiyat kelib chiqsa, aynan Fransiya aybdor bo‘lishini alohida ta’kidladi”, deyiladi matbuot xizmati bayonotida.

Prezident, Granadaga Fransiyaning pozitsiyasi sababli bormaganini ham qayd etdi.

Ozarbayjon Prezidenti “Armaniston yana sakkizta qishloqni okkupatsiya qilib turganini aytib, bu huddlarni ham ozod etish zarur”ligini qo‘shimcha qilgan.