Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk Yevropaning bir qator davlatlarida sodir etilgan, Qur’onni tahqirlashga qaratilgan hatti-harakatni keskin tanqid qildi.
“Men Qur’oni Karimni yoqishga oid hurmatsizlikni, tajovuzkor amallarni, ayniqsa, zo‘ravonlik va bo‘linishni targ‘ib etuvchi harakatni qat’iyan rad etaman”, dedi u.
Oliy komissar eslatishicha, Inson huquqlari bo‘yicha kengash sessiyasida musulmonlarning muqaddas kitobiga qilingan hujumlar munosabati bilan favqulodda navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan. Afsuski, shunga qaramay, bir qator mamlakatlarda Qur’onni omma oldida yoqish davom etmoqda.