Turkiya Respublikasi “3+3” mintaqaviy platformasini faollashtirishdan manfaatdor, mazkur formatda oliy darajali uchrashuvni qabul qilish istagini bir necha bor ma’lum qilgan, deb yozgan “RIA Novosti” ushbu mamlakat Prezidenti ma’muriyati manbasiga tayanib.

“3+3” platformasi Rossiya, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston hamkorligini nazarda tutadi. 2022 yil dekabr oyida Moskvada RF, Ozarbayjon, Armaniston tashqi ishlar vazirlari hamda Eron TIV bosh direktori raisligida mintaqaviy “3+3” platformasining ilk maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Biroz muddat avval Gruziya guruh tadbirlarida ishtirok etmasligini tasdiqlagan.

O‘tgan seshanba kuni Rossiya va Eron Prezidentlari Vladimir Putin va Ibrohim Raisiy telefon orqali suhbatlashib, platforma ishini faollashtirishdan manfaatdorliklarini ta’kidlashdi.

– Loyiha tashabbuskorlaridan biri sifatida, shubhasiz mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz, – degan Turkiya rahbari ma’muriyatidagi manba agentlikka. – Ayni formatdagi hamkorlik muvaffaqiyatli kechishiga ishonamiz, bunga turkiy davlatlar hamkorligi yaqqol misol. Bir-birini o‘zaro bog‘lovchi, umumiy ildizga ega mamlakatlar muammolarni birgalikda hal qilib, istiqbolli rejalar ishlab chiqmoqda, o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirmoqda. Shuning uchun ham biz mazkur formatni faollashtirish tarafdorimiz va oliy darajadagi uchrashuvni qabul qilishga tayyormiz.