AQSH Prezidenti Jo Bayden Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga maktub yo‘llab, Vashington Yerevan bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda davom etishiga ishontirdi. Bu haqda Armaniston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
– Qo‘shma Shtatlar hukumatingiz bilan gumanitar ehtiyojni qondirish ustida ishlashga qat’iyat bildiradi, – deya ta’kidladi davlat yetakchisi. – AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer yaqinda siz bilan muzokara o‘tkazadi. Biz, shuningdek, energetikani diversifikatsiya qilish, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaymiz. Yaqinda o‘tkazilgan harbiy mashq buni tasdiqlaydi.
Qo‘shma Shtatlar rahbari AQSH Armanistonning mamlakatda demokratiyani mustahkamlash va mintaqada barqarorlikni ta’minlashga intilishini qo‘llashda davom etadi, deb qo‘shimcha qilgan.