O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Davlatimiz rahbari tashrifning birinchi kuni Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrifning ikkinchi kunida Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishda nutq so‘zladi.

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.