Ma’lumki, yaqinda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi tashabbusi bilan ushbu yurtda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, gastronomik va ekologik turizm sohasidagi imkoniyati taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur muhim voqea Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi e’tiboridan ham chetda qolmadi.

Nashr e’lon qilgan axborotda tadbir munosabati bilan Xitoyning 100 ga yaqin sayyohlik uyushmasi, kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari vakillari to‘plangan.

Axborotda ishtirokchilar respublikamizda turizm xizmati ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishtirilgani, joriy yil oktyabr oyida Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi XXV yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi ta’kidlangan.

Sayyohlik kompaniyalari vakillari Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqa va madaniy o‘xshashlikni alohida urg‘ulab, hozirgi davrda mavjud aloqalarni mustahkamlashda turizm muhim ahamiyat kasb etishini ma’qullagan.

O‘zA