Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Tata Steel India” xalqaro turnirining bu yilgi blits musobaqalarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqaning rapid yo‘nalishidagi bellashuvlarda 7-o‘rin bilan kifoyalangan Abdusattorov blits o‘yinlarida 11 ochko jarg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Turnirni 1-o‘rinda yakunlagan Aleksandr Griuk 12 ochkoga ega chiqdi. 3-o‘rin sohibi hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa hamyurtimiz kabi 11 ochkoni qo‘lga kirita olgan bo‘lsa-da, koeffitsiyentlar hisobida Abdusattorovdan ortda qoldi.

Turnirning rapid yo‘nalishida g‘oliblikka erishgan fransiyalik Maksim Vashe-Lagravva blits bahslarini 5-o‘rinda, ozarbayjonlik Timur Rajabov so‘nggi qatorda yakunladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA