FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tashabbusi bilan qator vazirlik va idoralar hamkorligida “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi yurtimiz hududlarida yuqori saviyada tashkil etilayotganidan xabaringiz bor.

Minglab sportsevar yoshlarni qamrab olgan ushbu musobaqa Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Mard, jasur va shijoatli yoshlardan iborat 17 jamoa musobaqaning hududiy bosqichida tezkor savol-javob, avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish, kamondan o‘q otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakunida Nukus veterinariya meditsinasi texnikumining “Yosh kinologlar” jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Taxiatosh tuman kasb-hunar maktabi va Chimboy tuman kasb-hunar maktabi jamoalari keyingi o‘rinlarga loyiq topildi.

G‘olib jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA