Ertaga, 19 avgust kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda yengil atletika bo‘yicha boshlanadigan jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSH dollari etib belgilangan.
Chempionatda 49 ta medallar jamlanmasi uchun qizg‘in bahslar o‘tkaziladi. Musobaqalar jarayonida o‘z yo‘nalishlarida oltin medal sohibi bo‘lgan sportchilar 70 ming, kumush medal egalari 35 ming va bronza medalini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilar 22 ming AQSH dollariga ega chiqadi.
Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan 200 ga yaqin davlatning 2 ming nafarga yaqin atletlari qatorida yurtimiz sportchilari ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Yekaterina Voronina 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Safina Sa’dullayeva balandlikka sakrash, Yekaterina Tunguskova marafon dasturlarida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Chempionat 27 avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA