Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya – Afrika” sammiti ikki mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yaxshi platforma bo‘lganini ta’kidlab, erishilgan barcha kelishuvlar hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha va’da berdi.
– Do‘stligimiz, munosabatimiz tufayli uch kun davomida ushbu tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazdik va oldinga intilish uchun yaxshi zamin yaratdik, – dedi u. – Imzolangan barcha hujjatlar so‘zsiz amaliyotga joriy etiladi.
“Interfaks” yozishicha, sammit, aslida, chorshanba kuni Putinning Afrika qit’asi ayrim davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari bilan boshlangan, keyin uch kun davomida qo‘shma tadbirlar ko‘rinishida davom etgan.
Afrika mamlakatlari bir qator yetakchilari bugun Sankt-Peterburgda Harbiy-dengiz kuchlari kuni munosabati bilan asosiy paradda ishtirok etdi, so‘ngra Rossiya Prezidenti bilan birga Kronshtadtga qayiqda sayohat qilishdi.
O‘zA