Nukus shahridagi Prezident maktabida 5 sinf o‘quvchilariga 2023/2024 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi boshlandi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib ochilgan mazkur maktabga kirish imtihonlari Nukus olimpiya va paralimpiya kolledjining ikkita binosida va Qoraqalpoq davlat universiteti sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.

– Bu  yil  3 ming  63 nafar   o‘quvchidan   hujjat   kelib tushgan, – dedi Nukus shahridagi Prezident maktabi direktori Maxmud Nasirov. – Maktabimizda kirish imtihonlariga katta tayyorgarlik   ko‘rildi. O‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Binolar sovutgichlar, axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan. Imtihon jarayonlari Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tibbiyot xodimlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Kirish imtihonlarining ikkinchi  bosqichi 31 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA