Joriy yilning 9-iyul kuni muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudova saylovchilar ishonchiga erishgan ikkinchi nomzod bo‘ldi.

Albatta, nomzodning saylovda munosib o‘rin egallashida, uning saylovoldi dasturidagi maqsad va vazifalarini saylovchilar orasida keng targ‘ib qilishda partiya xodimlarining mehnati alohida. Shu sababli, ushbu siyosiy jarayonda faollik ko‘rsatgan bir qator partiya xodimlari O‘zbekiston “Adolat” SDP Markaziy Kengashining va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Esdalik sovg‘alarni partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Nurliboy Qayipbergenov topshirdi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri