O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston rahbarini kuni kecha mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugungi kunda hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, transport-logistika, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida jadal rivojlanib bormoqda.