Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ishtirokida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda qayd etilganidek, 9 iyul 17:00 holatiga jami saylovchilarning 13 million 459 ming 677 nafari yoki 69,85 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Shuningdek, brifingda yurtimizdagi 10 ming 784 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari 20:00 da yakunlanishi, shuningdek, ayrim xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etayotgani qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining yakuniy natijalari 2023 yil 10 iyul kuni e’lon qilinishi ma’lum qilindi.

 

Muhtarama Komilova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA