Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, “Arnold&Porter Kaye Scholer LLP” xalqaro yuridik firmasining xalqaro siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi Tomas Shennon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari hamda bugun bo‘lib o‘tayotgan Prezident saylovi jarayonlari xususida so‘z yuritildi.
Mehmonga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyati, undan ko‘zlangan asosiy maqsad, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga sezilgan ehtiyoj batafsil tushuntirildi.
O‘z navbatida, xalqaro kuzatuvchi sifatida yurtimizda bo‘lib turgan Tomas Shennon saylov uchastkalarida erkin va mustaqil ovoz berishga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilganini ta’kidlab, jarayonlar to‘liq xalqaro huquqiy normalar hamda demokratik tamoyillarga mos ravishda ochiq va shaffof tarzda o‘tayotganini e’tirof etdi.
N.Abduraimova, O‘zA