Markaziy saylov komissiyasida muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib borish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro Palamentariylar Kongressi Bosh kotibi Sitora Ayoz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi saylov jarayoni xalqaro standartga muvofiq takomillashtirilgani, mazkuo tadbirni MSK tomonidan tasdiqlangan taqvim-reja asosida, milliy qonunchilikka muvofiq o‘tkazish bo‘yicha tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berdi.

– Saylovga demokratik tamoyillarga xos, xalqaro norma va standartlarga to‘la mos tarzda tayyorgarlik ko‘rilgani, fuqarolar emin-erkin ovoz berishini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilgani bilinib turibdi, – dedi Sitora Ayoz.

Markaziy saylov komissiyasida bugun kun davomida xalqaro tashkilotlardan hamda xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillar bilan uchrashuvlar lavom etadi. O‘zAni kuzatib boring.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA