Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.Ermanov Nukus shahri 83-saylov uchastkasida yurt ravnaqi, aholi farovonligi uchun ovoz berdi.
“Qumbiz ovul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan mazkur saylov uchastkasida 2 ming 812 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Shundan saylov kuni turli sabablar bilan yashash manzilida bo‘la olmaydigan 179 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz bergan. Shuningdek keksa yoshdagi, nogironligi bo‘lgan saylovchilarning uyida ovoz berishi tashkil etildi.
Prezident saylovida yoshlar faol ishtirok etmoqda. Shu kuni 15 nafar yosh birinchi marta ovoz berdi.
–Hududimiz aholisi Prezident saylovida faol ishtirok etmoqda, – deydi saylov uchastkasi raisi Paruazxan Ormanova. – Hozirgacha 1789 nafar fuqaroning ovoz bergani bunga yaqqol misoldir.
Saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA