O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarida nafaqat mahalliy, balki xorijlik kuzatuvchilar ham ishtirok etmoqda.
Xorijlik kuzatuvchilar saylov uchastkalarida bo‘lib, ushbu tarixiy voqea guvohi bo‘lmoqda. Ularga mahalliy vakillar hamrohlik qilib, ovoz berish tartib-tamoyillari haqida ma’lumot berib bormoqda.
Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed Abdulla Murshed Prezident saylovida bevosita kuzatuvchi sanaladi.
Xalqaro kuzatuvchi ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbatda saylov jarayonining shaffof o‘tayotganini aytib o‘tdi.
– Bugun biz Toshkentdagi saylov uchastkalarida bo‘ldik. U yerda fuqarolarning ovoz berishlarini kuzatdik. Saylov uchastkalari a’zolari va kuzatuvchilar faoliyati ham e’tiborimizdan chetda qolmadi. Shuning guvohi bo‘ldimki, fuqarolar o‘z huquqlaridan emin-erkin foydalanmoqda. Umuman olganda, har bir fuqaro o‘zi munosib ko‘rgan nomzodga ovoz beryapti, –dedi xalqaro kuzatuvchi.
Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA