Xabar berganimizdek, 3-7 iyul kunlari poytaxtimizda “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi hamda “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” xalqaro konferensiyalar bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanga Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi – Lord Uorton, jahonga mashhur teleboshlovchi – Ali Aslan, xalqaro munosabatlar sohasida katta tajribaga ega – ser Devid Richmond, xalqaro siyosiy ekspert va strateg – Jorj Ayjan, xalqaro jurnalist – Stiven Koul kabi jahonda taniqli moderatorlar jalb etilgan.

Haftalikning media hamkori hisoblangan “CNN” telekanali O‘zbekiston madaniy merosi, turizmni rivojlanishdagi o‘rniga bag‘ishlangan tadbir, davra suhbatlari hamda ko‘rgazmalarni yoritib bormoqda. O‘zA muxbiri telekanal jurnalisti, “Adspace” savdo bo‘yicha direktori Imron Ahmad fikrlarini yozib oldi.

Ekspert tashkil etilayotgan uchrashuv, taqdimotlar Yangi O‘zbekistonda kuzatilayotgan yangi bosqichdagi islohotlarni yuqori baholadi. U Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lganini ta’kidlab, madaniy meros haftaligi mamlakatni xalqaro investorlar yoki kelishni istagan sayyohlar uchun yanada qiziqarli platforma bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Imron Ahmad, shuningdek,mamlakatimiz bilan iqtisodiy hamkorlik qilish, muhimi o‘zini dunyoga tanitish imkoniyatini oshirayotgan O‘zbekistonda salohiyat mavjudligini urg‘uladi. Bundan tashqari, jurnalist Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlarimizni noyob xazina deya e’tirof etib, ushbu maskanlarni butun dunyoga ko‘rsatish istagida ekanini ma’lum qildi.

Videolavhada batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.

Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA