“Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi tomonidan doimiy ravishda “Yashil energetika” loyihasi doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Shu kunga qadar loyihani rivojlantirish rejasiga asosan korxonaning markaziy boshqarma binosiga quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi, korxonaning ichkarisi va tashqarisini hamda “Yelabad” shaharcha fuqarolar yig‘ini ko‘chalarini yoritish maqsadida quvvati 40 vt va 300 vt bo‘lgan 317 dona quyosh yoritish chirog‘i o‘rnatildi.
Bundan tashqari, joriy yil loyiha doirasida ADKF sexi binosida 40 kvt, yangi mehmonxona binosida 60 kvt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari montaj qilinib, ishga tushirildi.
Korxonada loyiha bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri