Farg‘ona viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi“ doirasida qizlar o‘rtasida stritbol bo‘yicha musobaqaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilar turli yosh toifalarida o‘zaro raqobatlashdi. Musobaqaning 16-21 yoshdagi qizlar bahsida Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “G‘allaquduq” MFY jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 22-26 yosh toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani “Berdaq” MFY jamoasi tengsiz ekanini isbotladi.
Shuningdek, 27-30 yoshlar o‘rtasida mezbon jamoa Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar, “Arsif” MFY qizlaridan tashkil topgan jamoa shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA