Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Abay viloyatida tezkor shtab majlisida favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilinni mintaqada ro‘y bergan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘ini paytida ishiga sovuqqonlik qilgani uchun lavozimidan ozod qilganini aytdi.

Afsuski, ofatni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan 14 nafar xodim halok bo‘ldi. Shu sababli Toqayev shanba kuni Ilinni bo‘shatdi.

Davlat rahbari ta’kidlashicha, yong‘in hamma joyda ro‘y berishi mumkin. Faqat bunday vaziyatda zarur chora-tadbir ko‘rish zarur.