Turkiya va Shvetsiya vakillarining rasmiy muloqoti 14 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda qirollikning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi jarayoni muhokama qilinadi.

Bu haqda “SVT” telekanali Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Telekanal Turkiya Prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Akif Chag‘atoy Qilich so‘zlaridan iqtibos keltirib, “Shvetsiya hozir bir yil avvalgidan ko‘ra ancha o‘zgargan”, deb yozdi.

Mulozim “uch tomonlama uchrashuv chog‘ida muhokama qilinadigan ko‘p masalalar borligini” ham qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq “Sabah” gazetasi NATO, Turkiya va Shvetsiya vakillari uchrashuvi 12 iyunga belgilangani to‘g‘risida xabar bergan edi.