Shu kunlarda Italiya poytaxti Rim shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Aytish lozimki, Xalqaro taekvondo assotsiatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan Gran-pri tasnifidagi xalqaro turnirlarda jahon reytingida kuchli 32 talikdan joy olgan sportchilargina ishtirok etish huquqiga ega. Aynan ushbu reytingdan joy ogan 7 nafar sportchimiz mazkur musobaqada qatnashmoqda.

Parij-2024 Olipiadasiga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi ishtirok etayotgan bahslarning ilk kunida hamyurtlarimizdan Ulug‘bek Rashitov 68 kilogramm vaznda oltin medalni, Nikita Rafalovich +80 kilogramm og‘irlikda kumush medalni qo‘lga kritdi.

Turnirning bugungi bellashuvlarida terma jamoamiz a’zolaridan Feruza Sodiqova 67 kiloda, Svetlana Osipovaga +67 kilo og‘irlikda medallar uchun kurash olib borsa, ertaga o‘tadigan janglarda Shuhrat Salayev va Jasur Jaysunov o‘z omadini sinab ko‘rishadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA.