Eron tashqi ishlar vazirligi bugun Saudiya Arabistonida Eron Islom Respublikasi diplomatik vakolatxonasi ochilganini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat tashqi siyosat idorasi rasmiy vakili Nosir Qonuniy Chafiy ma’lum qildi.

Vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozilishicha, EIR va Saudiya o‘rtasidagi kelishuvni amalga oshirish, munosabatni tiklash jarayoni yakuniga yetgan. Ya’ni, 6-7 iyun kunlari Ar-Riyodda Eron elchixonasi, Jiddada bosh konsullik va Islom hamkorlik tashkilotida doimiy vakolatxona rasman ochiladi.

Ushbu bayonot o‘zaro munosabatni yaxshilash sari qo‘yilgan muhim qadamdir, deyilgan xabarda. Umuman, bu voqea diplomatik aloqani osonlashtirish, turli sohada hamkorlikni kengaytirish imkonini yaratadi. Yaqin Sharqda mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.