Suyultirilgan tabiiy gaz (STG) uchun global kurash hali-beri to‘xtamaydi, chunki ushbu yonilg‘iga talab taklifdan ko‘p.
Ayni nomutanosiblik 2025 yilga borib yanada kuchayadi, deyiladi Yaponiya hukumati tomonidan qabul qilingan yillik ma’ruzada. Yaponiya bu turdagi yonilg‘ining eng yirik importyori hisoblanadi.
— STG ishlab chiqarish darajasi mavjud talabni qondira olmaydi, 2025 yilgacha quvvat qisqaradi, talab esa oshadi, — deyiladi ma’ruzada. — Boshqacha aytganda vaziyat yomonlashadi.