Nukusda 5 iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Plastik ifloslanishga qarshi kurashing!” shiori ostida aksiya o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkiloti  hamkorligida tashkil etilgan tadbirda har yili ushbu sana munosabati bilan turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, bog‘ yaratish, obodonlashtirish aksiyalari o‘tkazilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti Kengashi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha eng yaxshi loyihalar taqdimoti, bolalar ishtirokida yang yaxshi rasmlar tanlovi, shuningdek, atrof-muhit tozaligini saqlash bo‘yicha yoshlar ishtirokida aksiya o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari hayvonot bog‘i hamda bolalar kutubxonasidagi sharoitlar bilan tanishdi.

Aksiya va tanlovlarda faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Dovud ABIBULLAEV,  

Maqsad HABIBULLAEV