Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalistlar tomonidan saylov jarayoni bilan bog‘liq qator savollar o‘rtaga tashlandi. Xususan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi tashviqotida ishtirok etadimi, bu partiyaga tashviqot uchun mablag‘ ajratiladimi degan savollarga MSK vakillari javob berdi.

Qayd etilganidek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi s’ezdida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan birgalikda Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qilingan edi. Shundan kelib chiqib, O‘zMTDP Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodi tashviqotida ishtirok etishi mumkin.

Ta’kidlandiki, saylovoldi tashviqoti uchun ajratiladigan mablag‘ siyosiy partiyaga emas, nomzod targ‘iboti uchun ajratiladi.

MSK tomonidan 4 ta partiyaning taqdim etgan nomzodlari ro‘yxatga olingan va shu 4 nomzodga mablag‘ ajratiladi.

O‘zLiDeP va MTDP tomonidan bitta nomzod ilgari surilgani bois, shu nomzodga ajratilgan pul doirasida foydalanish imkoniyatiga egaligi, O‘zMTDP ga alohida pul ajratilmasligi qayd etildi.

 

M. Komilova, O‘zA