O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkiloti va Nukus shahar bo‘limi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan xayriya tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, tashkilot vakillari Nukus shahridagi “Aq otao‘” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan oilalar va bolalardan xabar oldi. Bayram munosabati bilan ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

–Har qanday sharoitda ham aholiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish xalqimizga xos fazilat, – deydi Ӯzbekiston Qizil yarim oy jamiyati Nukus shahar bo‘limi ijrochi direktori A.Allambergenov. – Yolg‘iz qariyalar va mehnatga layoqatsiz, nogironligi bo‘lganlar, urush va mehnat faxriylari, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga chalingan bemorlar, ko‘p bolali oilalar a’zolaridan xabar olish asosiy vazifamizdir. Ularga gumanitar, tibbiy yordam, ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, psixologik qo‘llab-quvvatlashda barcha faol ishtirok etmoqda.


Dovud ABIBULLAEV, 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), 
O‘zA.