Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Fuqarolar R.X. va L.R. Ellikqal’a tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi o‘n ikki sotix yer maydonini fuqaro M.S.ga 14 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 6 ming AQSH dollari va 92 million so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.

 

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri