Fransuz tadbirkori Pozzo di Borgo 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Le Monde” gazetasi film rejissyorlari Erik Toledano va Olive Nakashga tayanib ma’lum qildi.
Ushbu tadbirkor haqidagi hikoya ko‘plab zaif odamlar hayotini o‘zgartirib yuborgan. Bosh qahramonning irodasi, jasorati, or-nomusi, kamtarligi va hayotga cheksiz muhabbati ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz dramasi “Daxlsizlar” yoki “1+1” 2011 yil real voqealar asosida suratga olingan. Kartinada muvaffaqiyatli aristokrat Filipp baxtsiz hodisa tufayli nogironlik aravachasiga mixlanib qoladi va qora tanli, sobiq mayda jinoyatchi Drissni yordamchi sifatida ishga oladi. Film syujetiga baxtli nuqta qo‘yiladi.
M. Pirmatova, O‘zA