O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23 may kuni Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat yetakchi kompaniya va bank institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalariga ko‘maklashish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur rahbarining taklifiga binoan joriy yilning yanvar oyida davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.
Ikrom Avvalboyev, O‘zA