FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida 2023 yil hosili uchun asosiy yer maydonlariga erta bahordan g‘alla, paxta, sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va boshqa ozuqa ekinlari ekilgan. 15 ming 600 gektardan ortiq maydonga chigit qadalgan. Shu bilan birga, 7000 gektar maydonda parvarishlanayotgan bug‘doy baravj rivojlangan.
Hozirda tumandagi barcha fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida dala ishlari qizg‘in tus olgan.
“To‘lqin” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Matnazarov Sodiqbek” fermer xo‘jaligi omilkorlari joriy yilda 81 gektar maydonda paxtaning “Sulton” navini yetishtirmoqda. 23 gektardagi g‘allaning ham rivojlanishi yaxshi. Shuningdek, xo‘jalikning 2 gektar yerida bog‘ tashkil etilgan. 2 gektar maydonda esa kartoshka, qovun va tarvuz yetishtirilmoqda.
Ayni kunlarda xo‘jalik a’zolari g‘o‘za maydonlarida zarur agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratgan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA