Ushbu voqea Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shu jumladan Mo‘ynoq tumani tarixida oltin harflar bilan yozilishi shubhasiz. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 23-24 fevral kunlari Orolbo‘yiga tashrifi doirasida berilgan topshirig‘iga asosan Mo‘ynoq tumanida Orol dengizining qurigan tubiga boradigan betonli kanal qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, mazkur kanal Mejdureche ko‘lidan boshlanib, Orol dengizini qurigan tubigacha qoziladi va betonlanadi. Jami 123 kilometr uzunlikdagi kanalning ishga tushirilishi hududning flora va fauna dunyosini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek,  Shege ko‘lida ham doimiy suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Hududda chorvachilik, dehqonchilik va baliqchilik kabi sohalarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA