Mo‘g‘uliston  Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasini tomosha qildi.

Ma’lumki, ochiq osmon ostidagi muzey deb nom olgan “Ichanqal’a” majmuasi  YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 26 gektar maydonda 58 ta tarixiy-me’moriy obida joylashgan muzey-qo‘riqxonaning faoliyat boshlaganiga 104 yil to‘ldi.  2020 yilda shahar Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, , 2024 yilda esa islom dunyosining turizm poytaxti,deb elon qilingan.

Bu yerdagi osori- atiqalar mahalliy  va xorijiy sayyohlarning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Yuqori martabali mehmon tashrif davomida qadimiy shahardagi Ko‘k minora,  Qo‘hna Ark saroyi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Islom xo‘ja minorasi,  Juma masjidi, Toshhovli majmualarini tomosha qildi.

Ichan Qal’aning qadim ko‘chalarida mehmonlar sharafiga falklor jamoalarning chiqishlari, “58-Xon” (Muxammad Rahim Feruz Soniyning saylanishi) teatrlashtirilgan tomoshasi namoyish etildi.

Delegatsiya  vakillari  muzey- qo‘riqxona xodimlari, sayyohlar, hududda faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmandlar bilan suhbatlashdi.

Xorazmning tarixi, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar, boy madaniyati va san’ati mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning Xorazmga safari davom etmoqda.

Ahmadjon Shokirov, Rustam Nazarmatov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari