Prezident raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.

Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatimizga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani ta’kidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.

Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.

Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.

Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta’minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

O‘zA